1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

“Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi” matbuot anjumani

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kiberxavfsizlikka tarğibot mavzusiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti…

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kiberxavfsizlikka tarğibot mavzusiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi boşliği örinbosari, mayor Jahongir Sagdullayev, Toşkent şahri IIBB Kiberxavfsizlik Boşqarmasi boşliği podpolkovnik Bekzod Tilloxodjayev, ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja, OAV vakillari, talabalar hamda xodimlar iştirok etdi.

🔍 Kun tartibida — kiberjinoyatlar böyiça dolzarb muammolar va ularning oldini oliş çoralari körib çiqildi.

Mamlakatimizda raqamli xizmatlar kengayişi fonerida internet foydalanuvçilari soni oşmoqda. Bu esa şaxsiy ma’lumotlar va bank kartalarining xavfsizligini ta’minlaşda yuksak mas’uliyatni talab qiladi. Afsuski, sönggi yillarda internet firibgarligi keskin ösmoqda:

• Oxirgi 5 yilda kiberjinoyatlar 68 barobarga,

• 2024 yilda esa 2023 yilga nisbatan 9,1 barobarga oşgan.

• Ayni vaqtda kiberjinoyatlar umumiy jinoyatçilikning yarmiga yaqinini taşkil etmoqda — 44,4%.

Kiberjinoyatlarning **98%**i bank kartalari bilan boğliq bölib, ular asosan:

• zararli havolalar va dasturlar yuboriş (60%),

• aldov yöli bilan SMS-kodlarni qölga kiritiş (16%),

• onlayn kredit rasmiylaştiriş (4%),

• onlayn savdo platformalaridagi firibgarliklar (11%)

orkali amalga oşirilmoqda.

❗️ Mazkur jinoyatlar natijasida fuqarolarning 1 trln 909 mlrd sömdan ortiq mablaği talon-taroj qilingan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, 1–30 noyabr kunlari mamlakat böylab “Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi” ötkazilmoqda. Uning asosiy maqsadi — aholida kiberxavfsizlik madaniyatini oşiriş, firibgarlik holatlarining oldini oliş va zamonaviy kiber tahdidlardan ogohlikni kuçaytiriş.