
Bugun Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim yönalişlarini optimallaştiriş jarayonida me’yoriy-uslubiy hujjatlarni işlab çiqiş töğrisida”gi 193-son buyruği ijrosini…
Bugun Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim yönalişlarini optimallaştiriş jarayonida me’yoriy-uslubiy hujjatlarni işlab çiqiş töğrisida”gi 193-son buyruği ijrosini ta’minlaş maqsadida ÖzJOKUda “Jurnalistika va axborot” ta’lim sohasi böyiça Muvofiqlaştiruvçi kengaş yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asad Xodjayev, "Yangi Özbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalari boş muharriri Salim Doniyorov, Milliy teleradio kompaniyasi raisi birinçi örinbosari Madamin Safarov, Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantiriş tadqiqotlari markazi direktori Mahmudjon Boltabayev hamda jurnalist kadrlar tayyorlaydigan oliy öquv yurtlaridan vakillar iştirok etişdi.
Jurnalistika va axborot ta’lim sohasi böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş a’zolaridan iborat tarkibga ÖzJOKU rektori, professor Şerzodxon Qudratxöja raislik qildi.
Majlisda kengaş a’zolari jurnalistika ta’lim sohasiga zamonaviy yangi bilimlarni kiritiş, eskirgan darslar örniga yuqori talabga ehtiyoj bölgan yönalişlarni joriy etiş böyiça örinli takliflarni bildirdi.
Yozgi ta’tilda talabalarni jurnalistik bilimlari va könikmalarini oşirişga qaratilgan dasturlar işlab çiqiş, hududiy tahririyatlar va teleradiokanallarda amaliyot uçun şaroitlar yaratiş yuzasidan kelişib olindi.


