
Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligining (KOICA) Özbekistondagi vakolatxonasi 2027-yilgi qabul doirasida Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida Magistratura (Master’s) va Ph.D (Doktorantura) dasturlarida tahsil…
Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligining (KOICA) Özbekistondagi vakolatxonasi 2027-yilgi qabul doirasida Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida Magistratura (Master’s) va Ph.D (Doktorantura) dasturlarida tahsil oliş uçun grantlar tanlovini e’lon qildi.
✅ Asosiy talablar:
• Vazirliklar, davlat taşkilotlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatçisi böliş;
• Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tavsiyanomasiga ega böliş;
• Özbekiston Respublikasi fuqarosi böliş;
• Ingliz tilini yetarli darajada biliş;
• Tavsiya etilgan yoş – 40 yoşgaça;
• Kamida 2 yillik iş tajribasiga ega böliş.
🎓 Ta’lim darajasi:
• Magistratura – bakalavr diplomi;
• Doktorantura – magistr diplomi.
❗️ Nomzod ilgari Koreya Hukumati grantlari orqali ta’lim olmagan bölişi kerak.
📚 Dasturlar Yonsei University, University of Seoul, Sungkyunkwan University, Kyungpook National University va Pukyong National University kabi Janubiy Koreyaning yetakçi oliygohlarida taşkil etiladi.
⏳ Öqiş muddati:
• Magistratura – 17 oy;
• Doktorantura – 36 oy.
📌 Har bir nomzod faqat bitta ta’lim yönalişini tanlaşi mumkin.
🗓 Muhim sanalar:
• 7-iyul 2026 – vazirlik orqali tavsiya etişning sönggi muddati;
• 15–16-iyul 2026 – 1-bosqiç suhbatlari (Özbekistonda);
• Avgust–oktyabr – Koreyada hujjatlar körigi va 2-bosqiç suhbatlari;
• Noyabr–dekabr – yakuniy natijalar;
• 2027-yil fevral – Janubiy Koreyaga jönab ketiş.
⚠️ Eslatma: Universitetlarga hujjatlar faqat KOICA saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlardan qabul qilinadi.
———————————————
Manba: Telegram


