
Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tomonidan “Jaholatga qarşi — ma’rifat” mavzusida ma’rifiy tadbir taşkil etildi…
Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tomonidan “Jaholatga qarşi — ma’rifat” mavzusida ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbir mehmoni sifatida Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi katta öqituvçisi, yuridik fanlari böyiça falsafa doktori Firuz Raşidov iştirok etdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoşlar örtasida bilim va tafakkurni rivojlantiriş, ularni turli yot ğoyalar hamda zamonaviy axborot makonida uçrayotgan tahdidlardan himoya qilişdan iborat böldi.
Uçraşuv davomida ma’ruzaçilar jaholatning salbiy oqibatlari, bugungi axborot makonida yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar hamda ularga qarşi ma’rifat orqali kuraşişning ahamiyati haqida batafsil töxtalib ötdilar. Şuningdek, talabalar uçun mustaqil fikrlaş, axborotlarni tanqidiy tahlil qiliş hamda işonçli manbalardan foydalaniş böyiça muhim tavsiyalar berildi. Bugungi kunda tezkor axborot oqimi şaroitida yoşlarning mediasavodxonligini oşiriş va ularda tahliliy fikrlaş könikmalarini şakllantiriş muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
Manba: Telegram


