
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Jadidlar avlodlari uçraşuvi” umummilliy ilmiy-ma’rifiy yiğini bölib ötdi. Yiğilişni Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik…
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Jadidlar avlodlari uçraşuvi” umummilliy ilmiy-ma’rifiy yiğini bölib ötdi.
Yiğilişni Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja oçib berdi.
Unda jadidçilik harakatining taniqli namoyandalari avlodlari, tarixçi olimlar, tadqiqotçilar va ziyolilar iştirok etib, milliy uyğoniş davri tarixi, ma’rifatparvar ajdodlarimizning fidoyiligi hamda ularning boy ilmiy-ma’naviy merosini asrab-avaylaş masalalarini muhokama qildilar.
Yiğinda jadid ma’rifatparvarlarining quyidagi avlodlari ham iştirok etdi:
Mahmudxöja Behbudiyning nabirasi — Şohruh Behbudiy.
Said Rizo Alizodaning nabirasi — Farhod Alizoda.
Obidjon Mahmudovning nabirasi — Maqsuda Obidjonova.
Abdulla Qodiriyning nabirasi — Xondamir Qodiriy.
Abdulhamid Çölponning jiyani — Şarifa Mirzaahmedova.
Ğozi Yunusning öğli — Çölpon Yunus.
Musojon Sayidjonovning nabirasi — Şuhrat Sayidjonov.
Abduqodir Şakuriyning nabirasi — Mas’ud Şakuriy.
Hoji Muinning nabirasi — Baxtiyor Bahriev.
Vadud Mahmudning öğli — Najod Mahmud.
Pölat Solievning nabirasi — Alişer Muhiddinov.
Hasanxon Niyoziy va Husanxon Niyoziyning nabirasi — Muhiddin Narziqulov.
Maryam Sultonmurodovaning nabirasi — Muhabbatxon Sultonmurodova.
Uçraşuv davomida oilaviy xotiralarni ilmiy tadqiqotlar bilan uyğunlaştiriş, tarixiy hujjatlarni saqlaş va jadidlar ğoyalarini yoş avlodga yetkazişga qaratilgan taşabbuslar ilgari surildi.
Jadidlar merosini örganiş va tarğib etiş — milliy özlikni anglaş, tarixiy xotirani asraş hamda ma’rifatparvar ajdodlarimizning ezgu ğoyalarini kelajak avlodlarga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Manba: Telegram


