
24–28-avgust kunlari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro Mediaforum bölib ötmoqda. Bugun, 26-avgust kuni forumning ikkinçi kuni doirasida xalqaro jurnalistlar, media ekspertlari, olimlar va soha…
24–28-avgust kunlari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro Mediaforum bölib ötmoqda. Bugun, 26-avgust kuni forumning ikkinçi kuni doirasida xalqaro jurnalistlar, media ekspertlari, olimlar va soha mutaxassislari iştirokida qator tadbirlar taşkil etilmoqda.
Mediaforumning ikkinçi kunida «Asrlarni birlaştiruvçi meros. Islom sivilizatsiyasi markazining ma’naviy mohiyati» mavzusida yalpi majlis taşkil etildi. Unda tarixiy va ma’naviy merosni asrab-avaylaş, uni xalqaro jamoatçilikka yetkaziş, islom sivilizatsiyasining jahon tamadduni rivojidagi örni va zamonaviy media orqali uşbu merosni keng tarğib qiliş masalalari muhokama qilindi.
Forumning uçinçi plenar sessiyasi Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor, doktor Şerzodxon Qudratxöja hamda «Oman TV» telekanali jurnalisti Ali Abu Saidiy moderatorligida ötkazildi.
Tadbir davomida «114 Qur’on qölyozmasi: islom olamining xattotlikdagi 114 durdonasi», «Katta Langar Qur’oni: muqaddas merosni asraş», «Ma’naviy meros: “Masjid” hujjatli filmi», «Allohning 99 ismi» kabi xalqaro va milliy loyihalar taqdim etildi.
Forumda Rossiya, Avstriya, Germaniya, Turkiya, Ummon, Misr, Koreya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Belarus, Xitoy, Çernogoriya va boşqa mamlakatlardan kelgan media sohasi vakillari qatnaşdi.
Tadbir yakunida Mediaforum davomida muhokama qilingan masalalar sarhisob qilinib, uning yakuniy hujjatlarini qabul qiliş jarayoni amalga oşirildi.
Xalqaro Mediaforum Islom sivilizatsiyasi markazida zamonaviy media, jurnalistika va tarixiy-ma’naviy meros masalalarini birlaştirgan muhim xalqaro muloqot maydoniga aylandi!
Manba: Telegram


