
Jurnalist va iqtisodçi-tahlilçilarni ikkinçi marta ötkazilayotgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori intensiv treningiga taklif qilamiz! Agar iqtisodiy islohotlarni ma’lumotlar orqali çuqur tahlil qilib, öz…
Jurnalist va iqtisodçi-tahlilçilarni ikkinçi marta ötkazilayotgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori intensiv treningiga taklif qilamiz! Agar iqtisodiy islohotlarni ma’lumotlar orqali çuqur tahlil qilib, öz suriştiruv materiallaringizni yozişni istasangiz, bu dastur siz uçun.
"Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş orqali Özbekistonda iqtisodiy islohotlar mas’uliyatini kuçaytiriş" loyihasi doirasida ötkazilayotgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori — bu ma’lumotlar jurnalistikasi va iqtisodiy tahlilning eng kuçli jihatlarini birlaştirgan 3 kunlik noyob trening.
Dastur davomida siz:
• Oçiq ma’lumotlar manbalari bilan işlaşni örganasiz;
• Ma’lumotlarni tahlil qiliş va vizualizatsiya (grafik, diagramma) qiliş böyiça amaliy könikmalarga ega bölasiz;
• Raqamlarni "gapirtirib", ma’lumotlarga asoslangan kuçli hikoyalar va tahliliy materiallar yaratişni maşq qilasiz;
• Özingizga şerik bölgan jurnalist yoki iqtisodçi-tahlilçi bilan birgalikda amaliy loyiha ustida işlaysiz.
• Trening yakunida iştirokçilar tomonidan taqdimot qilib berilgan eng yaxşi loyihalarga stipendiya va mentorlik yordami körsatiladi.
Kimlar iştirok etişi mumkin?
Anketani töldiring, eng munosib 20 nafar iştirokçi saralab olinadi:
— 10 nafar jurnalist,
— 10 nafar iqtisodçi-tahlilçi.
Saralangan iştirokçilar dastur davomida juftliklarga bölinib, birgalikda loyihalar tayyorlaşadi. Bu jurnalist va tahlilçi hamkorligini kuçaytiriş uçun ajoyib imkoniyat!
Röyxatdan ötiş: https://forms.gle/qa9M2QE3z7zsCjwh6
Ariza topşirişning oxirgi kuni: 20-oktyabr
Trening sanasi: 2025-yil, 4-6-noyabr
Joy: Toşkent şahri


