
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti stajyor-tadqiqotçisi Feruza Rasmuhammedova Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan taşkil etilgan inklyuzivlik va qulay muhitga bağişlangan nufuzli…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti stajyor-tadqiqotçisi Feruza Rasmuhammedova Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan taşkil etilgan inklyuzivlik va qulay muhitga bağişlangan nufuzli festivalning oçiliş marosimida iştirok etdi.
Tadbir davomida nogironligi bölgan insonlar uçun yaratilgan iş örinlari, innovatsion işlanmalar hamda zamonaviy texnologiyalar namoyiş etildi. Xususan, köriş imkoniyati çeklangan insonlar uçun maxsus işlab çiqilgan taktil 3D kartinalar, elektron texnologiyalar va yangi avlod inklyuziv yeçimlari festival qatnaşçilarida katta qiziqiş uyğotdi.
Festival doirasida Feruza Rasmuhammedovaga mazkur körgazmani Özbekiston Respublikasi birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyevaga taniştirişdek yuksak işonç bildirildi.
U taktil kartinalarning imkoniyatlari, ya’ni tasvirlarni nafaqat köz bilan köriş, balki qöl bilan his qiliş orqali ham anglaş mumkinligi haqida batafsil sözlab berdi. Köriş imkoniyati çeklangan insonlar tasvir mazmunini barmoqlari orqali his etişi, undagi detallarni ajrata olişi alohida e’tirof etildi. Şuningdek, festivalda közi ojiz insonlar uçun möljallangan taktil yölakçalar, maxsus elektron ruçka ham namoyiş qilindi. Uşbu qurilma maxsus belgi yoki yozuv ustiga yönaltirilganda matn va tasvirlarni avtomatik ravişda ovozli şaklda tuşuntirib beradi.
Tadbir davomida yangi turdagi Brayl tizimi ham taqdim etildi. Mazkur tizimning afzalligi şundaki, unda nafaqat Brayl yozuvlari, balki oddiy harflar ham börtma şaklda aks ettirilgan. Bu esa köriş qobiliyatini katta yoşda yöqotgan insonlar uçun ham qulaylik yaratadi. Agar foydalanuvçi na Brayl yozuvini, na börtma harflarni öqiy olsa, maxsus tugma orqali matn ovozli tarzda eşittiriladi.
“Bu men uçun nafaqat kutilmagan, balki unutilmas va juda ta’sirli tajriba böldi. Inklyuzivlik — bu şunçaki texnologiya emas, balki inson qadrini anglaş, uni his qiliş va barça uçun teng imkoniyat yaratişdir”, — deydi tadqiqotçimiz Feruza Rasmuhammedova.
Manba: Telegram


