
ÖzJOKUga hujjat topşirgan abituriyentlar diqqatiga! ✅ 2026/2027-öquv yili uçun ÖzJOKUda ijodiy imtihonlarni ötkaziş kunlari bilan tanişing. Ijodiy imtihonlar tanlangan Jurnalistika (faoliyat turlari böyiça)…
ÖzJOKUga hujjat topşirgan abituriyentlar diqqatiga!
✅ 2026/2027-öquv yili uçun ÖzJOKUda ijodiy imtihonlarni ötkaziş kunlari bilan tanişing. Ijodiy imtihonlar tanlangan Jurnalistika (faoliyat turlari böyiça), Axborot xizmati va jamoatçilik bilan aloqalar hamda Dizayn: mediadizayn bakalavriat ta’lim yönalişlari uçun 2026-yil 8-9-iyul kunlari tonggi 8:00 dan boşlanadi.
❗️Eslatma: Abituriyentlarni imtihon böladigan binoga kiritiş vaqti 7:45 da tugaydi. Şaxsingizni tasdiqlovçi hujjat (ruxsatnoma, pasport yoki ID karta) bilan kelişingiz zarur. Uni örnini bosuvçi hujjat nusxasi qat’iyan taqiqlanadi. Keçikkan abituriyentlar binoga kiritilmaydi.
📞 Qönğiroqlar markazi: +998 71 207 09 05
📍 Ijodiy imtihon ötkaziliş joyi: Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ( Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Markaz – 5, Qiyot köçasi, 88-uy )
Manba: Telegram


