1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Hurmatli professor-öqituvçilar va universitet xodimlari!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Avvalo, barçangizni 1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Siz, aziz ustoz va murabbiylarning yoş avlodga bilim va tarbiya beriş, ularning kelajagini…

Avvalo, barçangizni 1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Siz, aziz ustoz va murabbiylarning yoş avlodga bilim va tarbiya beriş, ularning kelajagini şakllantiriş yölidagi şarafli va mas’uliyatli mehnatingizni yuksak qadrlaymiz. Barçangizga mustahkam soğlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat hamda kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Şu munosabat bilan, 2026-yil 30-sentabr kuni soat 14:30 da Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Kasaba uyuşmalari san’at saroyida Ustoz va murabbiylar kuniga bağişlangan bayram tadbiri taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Tadbir davomida ustoz va murabbiylarga bölgan yuksak hurmat va ehtirom ifodasi sifatida bayramona dastur, musiqiy çiqişlar hamda kötarinki kayfiyat ulaşuvçi sahna körinişlari namoyiş etiladi.

📍 Tadbir manzili: Kasaba uyuşmalari san’at saroyi.

⚠️ Muhim: Tadbir ötkaziladigan manzildagi avtoturargohda avtomobillar uçun joy siğimi çeklanganligi sababli, tadbirga şaxsiy avtomobillarda kelmaslik tavsiya etiladi. Iştirokçilardan uşbu holatni inobatga olişlarini söraymiz.

Qadrli ustoz va murabbiylar, sizlarni uşbu gözal bayram tadbirida kutib qolamiz!

Bayramingiz muborak bölsin!
———————————————

Manba: Telegram