
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor şaxslar uçun imkoniyatlar va mavjud tösiqlar” mavzusida jamoatçilik eşituvi ötkaziladi. Mazkur…
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor şaxslar uçun imkoniyatlar va mavjud tösiqlar” mavzusida jamoatçilik eşituvi ötkaziladi.
Mazkur jamoatçilik eşituvidan közlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini şakllantiriş va rivojlantiriş borasidagi mavjud holatni tahlil qiliş, nogironligi bor şaxslar uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan jamoatçilik fikrini tinglaş, şuningdek, soha mutaxassislari, manfaatdor taşkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va tavsiyalarini inobatga olişdan iborat.
Eşituv yakunlari böyiça bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inklyuziv ta’lim siyosatini takomillaştiriş hamda amaliy çora-tadbirlarni belgilaşda foydalaniladi.
📌 Sana: 22.12.2025
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Universitet köçasi 7-uy
☎️ Qöşimça ma’lumot uçun: (55) 520-08-08 (110)


