
#hemis #yangi_versiya ❔ Bu galgi yangilangan versiyada qanday özgarişlar va yangi imkoniyatlar yaratildi? 1️⃣ OTMlarning öquv jarayonida qatnaşmaydigan xodimlari uçun tizimda alohida Yordamçi-texnik roli…
#hemis #yangi_versiya
❔ Bu galgi yangilangan versiyada qanday özgarişlar va yangi imkoniyatlar yaratildi?
1️⃣ OTMlarning öquv jarayonida qatnaşmaydigan xodimlari uçun tizimda alohida Yordamçi-texnik roli qöşildi;
2️⃣ Tizim “Yagona milliy mehnat tizimi” bilan boğlandi. Endi yangi xodim qöşişda uning ma’lumotlari uşbu bazadan avtomatik tekşiriladi;
3️⃣ Bitiruv malakaviy işlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaş buyruği funksiyasi işlab çiqildi;
4️⃣ Talabalar va mas’ullar endi şartnomalar, tölovlar va qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni billing tizimi orqali real vaqt rejimida körişlari mumkin;
5️⃣ Tizim Soğliqni saqlaş vazirligining DMED tizimi bilan integratsiya qilindi. Endi talabalarning kasallik sababli dars qoldirgani haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tekşiriladi;
6️⃣ Talaba profilida hujjatlarni plagiatga tekşiriş uçun yuklaş hamda mas’ullar tomonidan uşbu jarayonni boşqariş imkoniyati yaratildi;
7️⃣ Tizimga dars qoldiriş sabablarini tizimlaştiruvçi yangi bölim qöşildi.
‼️ Asosiy yangilik: Endi kasallik varaqalari uçun qöşimça ovvoragarçiliklar kamayadi, çunki tizimlar bir-biri bilan boğlandi.
Asl xabar: Edu.uz
Manba: Telegram


