1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Hayrullo Hamidov bilan uçraşuv bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida taniqli futbol şarhlovçisi va jurnalist Hayrullo Hamidov bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv davomida mehmon sport jurnalistikasi, xususan…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida taniqli futbol şarhlovçisi va jurnalist Hayrullo Hamidov bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida mehmon sport jurnalistikasi, xususan futbol şarhlovçiligi sir-asrorlari, jonli efirda işlaş mas’uliyati hamda auditoriya bilan muloqot madaniyati haqida söz yuritdi. Şuningdek, bugungi media makonda sport jurnalistikasining örni, tezkorlik va aniqlik örtasidagi muvozanat, hamda professional yondaşuv masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida talabalarga nutq ustida işlaş, bilim va tajribani muntazam oşirib boriş muhimligi haqida tavsiyalar berildi.

Manba: Telegram