
Taniqli jurnalist, yozuvçi va tarjimon, ÖzJOKU faxriy professori Karim Bahriyev 63 yoşida oğir xastalikdan vafot etdi. U qator gazeta va jurnallarda, xususan, 90-yillarda “Hurriyat”ning boş muharriri sifatida…
Taniqli jurnalist, yozuvçi va tarjimon, ÖzJOKU faxriy professori Karim Bahriyev 63 yoşida oğir xastalikdan vafot etdi.
U qator gazeta va jurnallarda, xususan, 90-yillarda “Hurriyat”ning boş muharriri sifatida tanilgan, “Söz erkinligi haqida söz”, “Haqiqat talabgorimiz” kabi kitoblar yozgan. “1984”, “Molxona”, "Mening hayotim"," Çernobil tavallosi", "Daholar va uddaburonlar" kabi bestsellerlarni va yana bir qator asarlarni mahorat bilan tarjima qilgan.
Karim Bahriyev Jurnalistlar uyuşmasi Jamoatçilik kengaşi raisi, Yozuvçilar uyuşmasi va Jurnalistlar uyuşmasi a’zosi edi, şuningdek, 2019-2022-yillarda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida media huquqi va etikasi fani öqituvçisi sifatida faoliyat yuritgan.
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi Karim Bahriyevning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur ta’ziya bildiradi.
Manba: Telegram


