1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Hamdardlik

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nasimxon Rahmonov vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari hamda…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nasimxon Rahmonov vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari hamda şogirdlariga çuqur hamdardlik bildiradi.

Nasimxon Rahmonov — uzoq yillar davomida Jurnalistika ixtisosligi böyiça ilmiy darajalar beruvçi ilmiy seminar a’zosi hamda Özbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dekani sifatida sidqidildan faoliyat yuritib, yurtimiz jurnalistika ta’limi va adabiyotşunoslik ilm-fanining rivojiga ulkan hissa qöşgan jonkuyar olim edi.

U filologiya sohasining haqiqiy fidoiysi, söz va tafakkur dunyosining nozik bilimdoni, köplab şogirdlarning bağrikeng ustozi sifatida özbek ilm-fani va jurnalistikasi hayotida öçmas iz qoldirdi.

Professor Rahmonovning yuksak insoniy fazilatlari, ilmga sadoqati va fidokorona mehnati uni tanigan har bir inson qalbida abadiy saqlanadi.