
О’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Özbekiston Yoşlar işlari agentligi, Toşkent şahar Yunusobod tuman hokimligi hamkorligida “Yoşlar giyohvandlikka qarşi” mavzusida yoşlar forumi doirasida "Giyohvandlik…
О’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Özbekiston Yoşlar işlari agentligi, Toşkent şahar Yunusobod tuman hokimligi hamkorligida “Yoşlar giyohvandlikka qarşi” mavzusida yoşlar forumi doirasida "Giyohvandlik — umr kuşandasi" tarğibot tadbiri ötkazildi.
Mazkur forum yoşlar örtasida giyohvandlik va zararli illatlarga qarşi immunitetni kuçaytiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş hamda huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonining tarbiyaviy işlar, kadrlar va yoşlar masalalari böyiça örinbosari Sarvar Mamayusopov, Özbekiston Milliy media birlaşmasi Boşqaruv raisi prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja, Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri örinbosari Farhod Boqiyev, Toşkent şahar hokimi örinbosari Durdona Raximova, Yunusobod tuman hokimi Abrorxöja Saidaliyev, Yoşlar işlari agentligi direktori birinçi örinbosari Dilnozaxon Kattaxonova va keng jamoatçilik iştirok etdi.
Forum davomida mutaxassislar va mas’ullar tomonidan ma’ruzalar öqilib, unda giyohvand moddalarning inson salomatligiga, ruhiy holatiga va jamiyat hayotiga yetkazadigan jiddiy zarari haqida atrofliça ma’lumotlar berildi. Giyohvandlikning ayançli oqibatlari, yoşlar taqdiriga salbiy ta’siri, oilalar va jamiyat uçun keltiradigan fojeali holatlar real misollar asosida tuşuntirib berildi.
Forum yakunida yoşlarni soğlom hayot tarziga amal qiliş, zararli odatlardan yiroq böliş va jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallaşga da’vat etuvçi fikrlar bildirildi.
Manba: Telegram


