1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Farğona viloyati tuman va şahar hokimliklari matbuot kotiblari uçun maxsus öquv kursi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Farğona viloyati tuman hokimliklari matbuot kotiblari uçun taşkil etilgan 2 kunlik maxsus amaliy öquv kursi davom etmoqda. Öquv kursini professor…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Farğona viloyati tuman hokimliklari matbuot kotiblari uçun taşkil etilgan 2 kunlik maxsus amaliy öquv kursi davom etmoqda.

Öquv kursini professor Beruniy Alimov iştirokçilar uçun “Viral davlat kommunikatsiyasi: ijtimoiy tarmoqlarda auditoriyani jalb qiliş strategiyalari” hamda “Zamonaviy media muhitida inqiroz kommunikatsiyalari” mavzularida amaliy maşğulotlar bilan boşlab berdi.

Maşğulotlar interaktiv şaklda taşkil etilib, real hayotiy misollar, amaliy vaziyatlar va muhokamalar asosida olib borildi. Iştirokçilar ijtimoiy tarmoqlarda auditoriya e’tiborini jalb qiliş, axborotni töğri va ta’sirçan yetkaziş hamda inqirozli vaziyatlarda samarali kommunikatsiya olib boriş böyiça amaliy könikmalarini mustahkamladilar.

Kunning ikkinçi yarmida esa professor Nargis Qosimova iştirokçilar bilan sun’iy intellekt imkoniyatlari va undan davlat axborot xizmatlari faoliyatida samarali foydalaniş böyiça tajribasi bilan bölişdi.

Şuningdek, malakali mutaxassis va mohir fotograf Gulyamov Oqil tomonidan “Fotokompozitsiya” mavzusida amaliy maşğulot ötkazildi. Maşğulot davomida fotomuhbir qanday bölişi kerakligi, fotokompozitsiya nima ekani hamda suratga oliş jarayonida nimalarga e’tibor qaratiş kerakligi haqida mutaxassis tomonidan keng va batafsil ma’lumot berildi.

Iştirokçilar maşğulotlar davomida savol-javoblar, muhokamalar va amaliy vazifalar orqali jarayonda faol qatnaşdilar. Bu esa örganilgan bilimlarni bevosita real iş jarayonida qöllaş imkonini beradi.

Öquv kursi davom etmoqda…

Manba: Telegram