1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

“Faktlarga asoslangan media-startap: ğoyadan barqaror loyihagaça”

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

🏛 Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Yoşlar kuni" munosabati bilan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş bölimi tomonidan “Faktlarga asoslangan…

🏛 Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Yoşlar kuni" munosabati bilan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş bölimi tomonidan “Faktlarga asoslangan media-startap: ğoyadan barqaror loyihagaça” mavzusida tadbir taşkil etildi.

Tadbirni ÖzJOKU 2-bosqiç tayanç doktoranti, “Mening yurtim” telekanali jurnalisti va factchecker Umida Qodirova olib bordi.


🔹Master-klass davomida startap tuşunçasi, uni şakllantiriş bosqiçlari, media sohada innovatsion muhitni yaratiş hamda yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalari keng yoritildi. Şuningdek, iştirokçilarga startap yaratiş jarayonining asosiy bosqiçlari, pitçing, muammoni töğri qöyiş va kreativ fikrlaş könikmalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

⚫️Tadbir davomida media-startaplarni yölga qöyişning amaliy jihatlari, faktlarga asoslangan kontent işlab çiqiş, loyihani rivojlantiriş strategiyalari hamda zamonaviy media makonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritiş mexanizmlari muhokama qilindi.

✔️Şuningdek, “Eng kreativ ğoya” respublika körik-tanlovi haqida ham atrofliça ma’lumot berilib, uning yönalişlari, bosqiçlari hamda iştirok etiş tartibi yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

#yoşlarkuni

1 / 7

Manba: Telegram