
Böstonliq tumanida Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri, davlat va jamoat arbobi, dramaturg Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligiga bağişlangan xotira tadbiri hamda şoir nomidagi “E-voh” özbek tili va adabiyoti…
Böstonliq tumanida Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri, davlat va jamoat arbobi, dramaturg Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligiga bağişlangan xotira tadbiri hamda şoir nomidagi “E-voh” özbek tili va adabiyoti olimpiadasining Respublika bosqiçi bölib ötdi.
Tadbir davomida özbek adabiyotining yirik namoyandasi, betakror ijod sohibi Erkin Vohidovning sermazmun hayoti va boy adabiy merosi yodga olindi. Şoir xotirasiga hurmat bajo keltirilib, uning haykali poyiga gullar qöyildi. Şuningdek, badiiy va musiqiy çiqişlar tabdirga kötarinki ruh berdi.
Mazkur tadbir atoqli şoir xotirasini e’zozlaş, milliy adabiyotimizga hurmatni yanada mustahkamlaş hamda yoş avlod qalbida adabiyotga muhabbat uyğotişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Manba: Telegram


