
Jurnalistlar, publitsistlar va tahlilçilar diqqatiga! “Dunyo” axborot agentligi tomonidan “Eng yaxşi maqola” tanlovi ötkazilmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi — umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va ğoyaviy…
Jurnalistlar, publitsistlar va tahlilçilar diqqatiga!
“Dunyo” axborot agentligi tomonidan “Eng yaxşi maqola” tanlovi ötkazilmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi — umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va ğoyaviy mazmunini keng yoritiş, milliy qadriyatlar va an’analarni tarğib qiliş hamda Özbekiston haqidagi sifatli jurnalistik materiallarni yaratişni rağbatlantirişdir.
✅Kimlar iştirok etişi mumkin?l
• Özbekiston OAVlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar;
• Mustaqil jurnalistlar;
• Publitsistlar va tahlilçilar.
📄 Tanlovga qanday materiallar qabul qilinadi?
Umumxalq bayramlarining tarixi, madaniy ahamiyati, milliy qadriyatlardagi örni va jamiyat hayotidagi ahamiyatini yorituvçi maqolalar.
🌐 Maqolalar özbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi va elektron şaklda taqdim etiladi.
Tanlovda iştirok etiş uçun anketa töldirişingiz va maqolangizni elektron şaklda yuborişingiz zarur.
🏆 Baholaş mezonlari:
• Mavzuning dolzarbligi
• Tahlil darajasi
• Ijodiy yondaşuv
• Jurnalistik uslub
• Materialning jamoatçilik uçun ahamiyati
❗️Eng yaxşi maqolalar tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi va ğolib materiallar xorijning nufuzli jurnal hamda naşrlarida çop etilişi uçun tavsiya etiladi.
Manba: Telegram


