
Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida rektor, siyosiy fanlar doktori Şerzodxon Qudratxöja hamda Özbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi…
Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida rektor, siyosiy fanlar doktori Şerzodxon Qudratxöja hamda Özbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (https://t.me/odilsudlovakademiyasi) rektori Şerzod Abduqodirov iştirokida talaba-yoşlar bilan oçiq uçraşuv taşkil etildi.
➡️Tadbir davomida talabalar uçun sud-huquq tizimi faoliyati, odil sudlov tamoyillari, huquqiy madaniyatni rivojlantiriş va yoş mutaxassislarning uşbu sohadagi örni haqida muhim ma’lumotlar berildi. Oçiq muloqot tarzida ötgan uçraşuvda talaba-yoşlar özlarini qiziqtirgan turli savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislarning tavsiyalari hamda fikrlarini tinglaş imkoniyatiga ega böldilar.
✔️Şuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati uçraşuvi doirasida kelgusida "Sud jurnalistikasi" yönalişida hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi. Jumladan, öquv jarayoniga kiritilgan sud jurnalistikasi fanlarini takomillaştiriş, sud jarayonlarini professional va xolis yoritişga qodir malakali jurnalist kadrlarni tayyorlaş, şuningdek, sud jurnalistikasi yönalişida ilmiy tadqiqotlar olib borişda ikki taşkilot örtasida yaqin hamkorlikni yölga qöyiş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Manba: Telegram


