
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhitga ongli va mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş maqsadida “Ekologiya…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhitga ongli va mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş maqsadida “Ekologiya bilimdoni” nominatsiyasi doirasida Kahoot platformasida intellektual test bellaşuvi bölib ötdi.
Bellaşuvda universitetning turli yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar orasidan tuzilgan 3 kişilik 9 ta jamoa iştirok etdi. Test jarayonlari nihoyatda qizğin, murosasiz va yuqori raqobat ruhida ötdi. Jamoalar ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, yaşil hududlarni kengaytiriş, çiqindilarni saralaş va global ekologik muammolar böyiça öz bilimlarini namoyiş etdilar.
Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar quyidagi örinlarni egalladi:
🥇 "Eco-heros jamoasi
🥈"25/08Ir jamoasi
🥉"ŞFM" jamoasi
Intellektual öyin yakunida iştirokçilar bu kabi interaktiv, zamonaviy va jamoaviy testlarni muntazam ravişda köproq taşkil etiş böyiça öz takliflarini bildirdilar. Talabalar Kahoot formatidagi bellaşuvlar bilimlarni mustahkamlaş, tezkor fikrlaş va jamoaviy hamkorlikni rivojlantirişda, ayniqsa, samarali ekanini ta’kidladilar.
Mazkur intellektual loyiha universitetda ekologik tafakkur, raqamli ta’lim vositalaridan foydalaniş hamda yoşlarning ekologik mas’uliyatini oşirişga xizmat qildi.
Manba: Telegram


