
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Alişer Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti örtasida tadqiqotçilar va doktorantlarning qöşma…
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Alişer Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti örtasida tadqiqotçilar va doktorantlarning qöşma ilmiy faoliyatini rivojlantirişga qaratilgan hamkorlik yölga qöyildi.
Hamkorlik doirasida muzey tadqiqotçilari hamda universitetning tadqiqotçi va doktorantlari bilim va tajriba almaşib, qöşma ilmiy izlanişlar olib bormoqda. Universitetda hamkorlikdagi seminar-treninglar har hafta muntazam taşkil etilib, tadqiqot metodologiyasi, ilmiy maqola tayyorlaş va natijalarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etiş masalalari muhokama qilinmoqda.
Xususan, Scopus bazasida indekslanadigan jurnallar uçun maqolalar tayyorlaş, qölyozmalarni jurnal talablariga moslaştiriş va tahririyatga yuboriş böyiça amaliy tajribani oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilmiy loyihalar ustida birgalikda işlaş ham hamkorlikning muhim yönalişlaridan biridir.
Manbaşunoslik, qadimiy qölyozmalar, mumtoz adabiyot, madaniy eksponatlar va san’atga oid tadqiqotlarni media bilan uyğunlaştiriş yangi izlanişlar uçun keng imkoniyat yaratadi. Ilmiy meros va tadqiqot natijalarini zamonaviy media formatlari orqali keng auditoriyaga yetkaziş ham közda tutilgan.
Uşbu hamkorlik doktorantlarning ilmiy salohiyatini oşiriş va adabiy-madaniy merosni zamonaviy yondaşuvlar asosida örganişga xizmat qiladi.
Manba: Telegram


