
Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi 2026/2027-öquv yili uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va…
Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi
2026/2027-öquv yili uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va magistratura bosqiçi talabalari uçun 2026-yil 10-oktyabr kuni ötkazilgan maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi.
Test sinovlari Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida Özbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlari böyiça taşkil etildi.
Test natijalarini qayerdan köriş mumkin?
Talabgorlar test sinovlari natijalari bilan my.edu.uz elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali tanişişlari mumkin.
Apellyatsiya beriş tartibi
Test natijalaridan norozi bölgan talabgorlar 20-oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi yuborişlari mumkin.
Apellyatsiya arizasida aynan qaysi fan va qaysi savol böyiça natijadan norozi ekanlik aniq körsatilişi lozim.
Barça talabgorlardan test natijalari bilan tanişiş va zarur hollarda belgilangan muddatda apellyatsiya arizasini yuboriş söraladi.
#StipendiyaTanlovlariNatijalari
Asl xabar: Edu.uz
Manba: Telegram


