
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Yoşlar kuni” munosabati bilan "Özbekiston — bağrikeng diyor" şiori ostida taniqli sport şarhlovçisi Davron Fayziyev iştirokida talabalar uçun…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Yoşlar kuni” munosabati bilan "Özbekiston — bağrikeng diyor" şiori ostida taniqli sport şarhlovçisi Davron Fayziyev iştirokida talabalar uçun oçiq uçraşuv taşkil etildi.
Mazkur uçraşuv davomida mehmon futbol böyiça "Jahon çempionati —2026" doirasida Özbekiston milliy terma jamoasining iştiroki, tayyorgarlik jarayonlari hamda jamoaning istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berdi. Şuningdek, u sport jurnalistikasi sohasidagi köp yillik amaliy tajribasi bilan örtoqlaşib, uşbu yönalişga qiziqayotgan talabalarga muhim tavsiyalar taqdim etdi.
Mahorat darsi davomida köplab talabalar faol iştirok etib, özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilişdi va mutaxassisdan bevosita javob oliş imkoniyatiga ega bölişdi.
Tadbir yoşlarning kasbiy bilim va könikmalarini oşiriş, ularni sport jurnalistikasi sohasiga yanada kengroq jalb etiş hamda tajribali mutaxassislar bilan muloqot qiliş imkonini yaratdi.
#yoşlarkuni
Manba: Telegram


