1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

“Bitiruvçi — 2026” tantanali Bitiruv keçasi bölib ötdi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2025/2026-öquv yili bitiruvçilariga bağişlangan tantanali “Bitiruvçi – 2026” keçasi yuqori saviyada taşkil etildi. Sakkizinçi bor ÖzJOKU öz…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2025/2026-öquv yili bitiruvçilariga bağişlangan tantanali “Bitiruvçi – 2026” keçasi yuqori saviyada taşkil etildi. Sakkizinçi bor ÖzJOKU öz qaldirğoçlarini katta hayot sari kuzatdi.

Joriy yilda universitetni 814 nafar bakalavriat va 96 nafar magistratura bosqiçi talabasi, jami 910 nafar bitiruvçi tamomladi. Ulardan 49 nafari imtiyozli (qizil) diplom bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, bitiruvçilarning 70 foizdan ortiği bugunning özidayoq doimiy iş örniga ega.

Tadbirda bitiruvçilar, ularning ota-onalari, professor-öqituvçilar, faxriy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

🇺🇿 Tantanali keça Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi hamda universitet madhiyasi ijrosi bilan boşlandi.

Bitiruvçilarni universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja samimiy tabriklab, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, kasbiy yuksaliş va Vatanga sadoqat bilan xizmat qiliş yölida omad tiladi.

🎓Tadbir davomida milliy raqs çiqişlari tantanaga özgaça fayz bağişladi. Şundan söng diplomlarni topşiriş marosimi bölib ötdi.

⚫️Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti
⚫️PR va menejment fakulteti
⚫️Jurnalistika fakulteti
⚫️Magistratura
⚫️Sirtqi ta’lim
bitiruvçilariga diplomlar tantanali ravişda topşirildi. Imtiyozli diplom sohiblari alohida e’tirof etildi.

💪Keçaning badiiy qismi jonli konsert dasturi bilan davom etdi. Musiqiy çiqişlar, quvonçga töla lahzalar, esdalik suratlari va bitiruvçilarning an’anaviy ravişda akademik boş kiyimlarini osmonga uloqtiriş marosimi tadbirning eng hayajonli onlaridan biriga aylandi.

💠ÖzJOKU jamoasi barça bitiruvçilarni uşbu unutilmas kun bilan qutlaydi hamda ularning yurt ravnaqi va millat farovonligiga munosib hissa qöşadigan, zamonaviy fikrlaydigan, vatanparvar va yuqori malakali mutaxassislar bölib yetişişiga işonç bildiradi.

🎓Oq yöl, aziz bitiruvçilar!

Manba: Telegram