1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Bitiruv oqşomi qanday ötdi?

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida magistr va bakalavr bitiruvçi kurs talabalarining diplom topşiriş marosimi bölib ötdi. Tadbirga universitet rahbariyati, öqituvçilar…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida magistr va bakalavr bitiruvçi kurs talabalarining diplom topşiriş marosimi bölib ötdi.

Tadbirga universitet rahbariyati, öqituvçilar, ota-onalar va talabalarning yaqinlari taşrif buyurişdi.

2023/2024 öquv yilida ÖzJOKUni umumiy 590 nafar bitiruvçi tamomlandi. Şundan 32 ta magistr darajasidagi, 558 ta bakalavr darajasidagi (61 ta imtiyozli) diplomlar öz egalariga topşirildi.

Marosimda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Şerzodxon Qudratxöja bitiruvçi talabalarga öz tabrigini yölladi.

"...xayrlaşiş hamişa oğir, dilga mahzunlik soladi. Oson emas, axir biz sizga tört yil bilim-tajribamizni berdik, unga qöşib umrimizning tört yilini berdik. Siz agar hayotda, sohamizda öz örningizni topsangiz, xalq, millat ravnaqiga, farovonligiga xizmat qilsangiz, ötgan umrimiz, bergan bilimimizdan rozimiz. Erişgan yutuğingiz bizning ğururimiz, iftixorimiz bölsin. Bugundan boşlab yangi bosqiçga qadam qöyasiz. Oldinda yangi imkoniyatlar va qiyinçiliklar turibdi. Lekin, men işonaman, bu qiyinçiliklarni yengib, yangi yutuqlarga erişasiz. Universitetda olgan bilim va könikmalaringiz sizga bu yölda yordam beradi

- dedi universitet rektori, professor Şerzodxon Qudratxöja.