
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Xalqaro munosabatlar hamda Siyosatşunoslik ta’lim yönalişlari bitiruvçi talabalarining bitiruv malakaviy işlari himoyasi Şanxay Hamkorlik…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Xalqaro munosabatlar hamda Siyosatşunoslik ta’lim yönalişlari bitiruvçi talabalarining bitiruv malakaviy işlari himoyasi Şanxay Hamkorlik Taşkilotining Xalq diplomatiyasi markazida yuqori saviyada taşkil etildi.
Himoya jarayonlarida talabalar zamonaviy xalqaro siyosat, diplomatiya, milliy xavfsizlik va geosiyosiy jarayonlarga oid ilmiy tadqiqotlarini taqdim etib, öz bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Taqdim etilgan ilmiy işlar orasida Xitoy taşqi siyosatida “yumşoq kuç” omilining örni, “Bir kamar – bir yöl” taşabbusining xalqaro munosabatlardagi ahamiyati, diplomatik muzokaralar va protokolning davlat imijini şakllantirişdagi roli hamda milliy xavfsizlikni ta’minlaşda fuqarolik jamiyati institutlarining örni kabi dolzarb mavzular alohida e’tibor qozondi.
Himoyada Özbekiston Milliy universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti va boşqa nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalari vakillari taşqi taqrizçi sifatida iştirok etib, bitiruvçilarning ilmiy işlari yuzasidan öz fikr va tavsiyalarini bildirdilar.
Himoya yakunlariga köra, bitiruvçilarning ilmiy izlanişlari ijobiy baholanib, ularning nazariy bilimlarni amaliy tahlillar bilan uyğunlaştira olgani e’tirof etildi.
ÖzJOKU bitiruvçilarini uşbu muhim bosqiçni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklaydi hamda ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Manba: Telegram
Manba: Telegram


