1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

“Bir tomçi qon — bir inson hayoti”

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

🖐 Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Respublika qon quyiş markazi” bilan hamkorlikda an'aviy tarzda har yili ötkaziladigan “Birga hayotni saqlaymiz!” şiori ostida milliy…

🖐 Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Respublika qon quyiş markazi” bilan hamkorlikda an’aviy tarzda har yili ötkaziladigan “Birga hayotni saqlaymiz!” şiori ostida milliy donorlik aksiyasi taşkil etildi.

🤝 Mazkur xayriya aksiyasidan közlangan asosiy maqsad — jamiyatda beğaraz donorlik madaniyatini keng tarğib qiliş, kamqonlik va boşqa kasalliklardan aziyat çekadigan insonlarga soğlom organizmlardan beminnat qon yetkazib beriş va quyiş, ularga insonparvarlik, mehr-oqibat hamda ijtimoiy mas’uliyat tuyğularini yanada mustahkamlaşdan iborat böldi.

✅Aksiyada universitet professor-öqituvçilari, xodimlari hamda talaba-yoşlar faol iştirok etib, inson hayotini saqlab qolişga xizmat qiluvçi uşbu ezgu taşabbusni qöllab-quvvatladilar. Tadbir davomida iştirokçilarga donorlikning inson salomatligi va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

✔️Qon topşiriş jarayonlari tibbiyot xodimlari nazorati ostida, barça sanitariya-gigiyena talablariga töliq rioya qilingan holda amalga oşirildi.

Ezgu maqsad yölida birlaşgan har bir donor — kimningdir hayotiga umid ulaşadi!

#yoşlarkuni

1 / 5

Manba: Telegram