
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Barqaror tinçlik uçun yoşlar harakati” loyihasi muvaffaqiyatli taşkil etildi…
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Barqaror tinçlik uçun yoşlar harakati” loyihasi muvaffaqiyatli taşkil etildi. Unda ÖzJOKUning jurnalistika yönalişi sirtqi ta’lim 2-bosqiç talabasi Otabek Abduraximov ham iştirok etdi.
🔺Loyiha doirasida yoşlar jamoaviy muhitni şakllantirişga qaratilgan interaktiv maşğulotlarda qatnaşişdi. Şuningdek, ularga tinçlik, media xavfsizlik, ijtimoiy hamjihatlik hamda fuqarolik faolligini oşirişga doir öquv-seminarlar ötkazildi.
🧠Tadbir yoşlarning jamiyatdagi faol iştirokini kuçaytiriş, ularning ijtimoiy mas’uliyatini oşiriş hamda barqaror tinçlik madaniyatini tarğib etişga xizmat qildi.
Manba: Telegram


