1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Bahorgi semestr uçun öqişni köçiriş va qayta tiklaş böyiça arizalar qaçondan qabul qilinadi?

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7726569#-7729759) (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uçun oliy ta’lim taşkilotlari talabalari öqişini köçiriş (qayta…

Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7726569#-7729759) (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uçun oliy ta’lim taşkilotlari talabalari öqişini köçiriş (qayta tiklaş) böyiça arizalarni qabul qiliş muddatiga özgartiriş kiritilgan.

Endi ariza topşiriş muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargaça (20-yanvar kuni ham) amalga oşiriladi.

2 ta uzrli sababga (https://lex.uz/uz/docs/-6070845) köra respublikaning bir oliy ta’lim taşkilotidan ikkinçisiga öqişni köçiriş yoki öqişni tiklaş böyiça arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar:

➖akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;

➖öqişni köçiriş sabablarini tasdiqlovçi hujjatlar.

Muhim eslatmalar:

❗️Bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim taşkilotidan boşqasiga “öqişni köçirib tiklaş” böyiça arizalar qabul qilinmaydi.

❗️ Ariza topşiriş jarayonida kiritilayotgan ma’lumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborişdan oldin diqqat bilan tekşirib çiqiş söraladi. Sababi ariza yuborilgandan söng uni tahrirlaş imkoni mavjud emas.

Arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim taşkilotlari, tegişli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgaça körib çiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga ma’lum qilinadi.

Manba: Telegram