1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Aziz yoşlar!

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Avvalo, barçangizni 30-iyun – Yoşlar kuni bilan samimiy tabriklayman! Yoşlar – bu şunçaki jamiyatning bir qatlami emas. Yoşlar – millatning kuçi, davlatning tayançi, xalqning ertangi kuni. Bugun Yangi…

Avvalo, barçangizni 30-iyun – Yoşlar kuni bilan samimiy tabriklayman!

Yoşlar – bu şunçaki jamiyatning bir qatlami emas. Yoşlar – millatning kuçi, davlatning tayançi, xalqning ertangi kuni. Bugun Yangi Özbekistonning har bir yutuği, har bir ulkan maqsadi sizlarning bilimingiz, ğayratingiz va jasoratingiz bilan çambarças boğliq.

Bugun yurtimizda yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida köp gapiramiz. Ammo imkoniyatning özi yetarli emas. Uni natijaga aylantiradigan narsa – ilm, mehnat, intizom va Vatanga muhabbatdir.

Şuni heç qaçon unutmang: Vatanni seviş balandparvoz şiorlardan emas, öz ustingizda tinimsiz işlaşdan, halol mehnatdan, bilim olişdan va millatingizga manfaat keltirişdan boşlanadi.

Bugun dunyo misli körilmagan tezlikda özgarmoqda. Endi davlatlarning boyligi faqat tabiiy resurslar bilan emas, balki bilimli, tafakkuri keng va mas’uliyatli yoşlari bilan belgilanmoqda. Demak, Yangi Özbekistonning ertangi qudrati ham sizlarning qölingizda.

Kitob bilan döst böling. Til örganing. Zamonaviy kasblarni egallang. Ilm izlang. Fikrlaşdan, izlanişdan va yangilik yaratişdan heç qaçon töxtamang. Çunki bugun öz ustida işlagan yoş ertaga nafaqat öz oilasi, balki butun Vatan taqdirini özgartira oladigan şaxsga aylanadi.

Biz sizlarga işonamiz. Yangi Özbekistonning kelajagiga bölgan işonçimiz ham aynan sizlarga bölgan işonçdir.

Qadrli yoşlar!

Qalbingizdagi Vatanga muhabbat heç qaçon sönmasin. Ğururingiz baland, maqsadlaringiz ulug‘, qadamingiz esa doimo ezgulik sari bölsin.

Barçangizga sihat-salomatlik, ulkan marralar, kuç-ğayrat va omad tilayman.

Yoşlar kuni muborak bölsin!

Hurmat bilan,
ÖzJOKU rektori,

prof. dr. Şerzodxon QUDRATXÖJA

Manba: Telegram