
Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan çin qalbimdan tabriklayman! Talabalik – inson hayotidagi eng sermazmun, eng mas’uliyatli va eng ilhomga boy davr. Bu yillar nafaqat kasbiy bilim va…
Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Talabalik – inson hayotidagi eng sermazmun, eng mas’uliyatli va eng ilhomga boy davr. Bu yillar nafaqat kasbiy bilim va könikmalar egallanadigan bosqiç, balki yuksak orzu-maqsadlar şakllanadigan, yangilikka intiliş, mustaqil fikrlaş va taşabbuskorlik kabi fazilatlar kamol topadigan betakror maktabdir. Talabalik yillari biroz qiyinçilik bilan ötsa ham, ammo yillar ötib, çekkan zahmatlaringiz va qilgan mehnatlaringizning mukofotini, albatta, olasiz! Muhimi hozir öqing, örganing!
Sizning har bir muvaffaqiyatingiz, har bir yutuğingiz nafaqat şaxsiy ğalabangiz, balki ta’lim sifatini oşiriş yölidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning samarasi hamdir. Bejizga, Universitet şiorlaridan birida: Şaxsiy muvaffaqiyatdan — Universitet muvaffaqiyati sari, deyilmagan.
Universitetimizda sizga eng qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratiş, ilmiy izlanişlaringizni qöllab-quvvatlaş, taşabbuslaringizni röyobga çiqariş ÖzJOKUning asosiy maqsadi. Zero, ÖzJOKU — insonlar va bilimlar uçraşadigan maskan!
Aziz talabalar!
Talabalik tantanangiz muborak bölsin! Sizga mustahkam salomatlik, öqiş va katta hayotda ulkan zafarlar, çeksiz kuç-ğayrat va porloq kelajak tilayman! Buning uçun siz faqat öqing! Öqing! Öqing!
———————————————
Şerzodxon Qudratxöjaning
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna böling:


