1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Arab tilida “Zakovat” intellektual öyini bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Mediamarketing va reklama yönalişi talabalari örtasida “Zakovat” musobaqasi arab tilida ötkazildi. Tadbir davomida talabalar arab tilini ikkinçi…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Mediamarketing va reklama yönalişi talabalari örtasida “Zakovat” musobaqasi arab tilida ötkazildi.

Tadbir davomida talabalar arab tilini ikkinçi xorijiy til sifatida özlaştiriş jarayonida egallagan bilim va könikmalarini amaliy jihatdan namoyiş etdilar. Xususan, iştirokçilar ötilgan mavzular asosida öz bilimlarini sinovdan ötkazib, mantiqiy fikrlaş hamda tezkor qaror qabul qiliş qobiliyatlarini körsatdilar. Şuningdek, tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va oğzaki nutq könikmalari namoyon etildi.

Musobaqa badiiy çiqişlar bilan ham boyitildi. Unda maşhur arab qasidasi ijrosi, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan arab tilidagi qöşiq hamda talabalar tomonidan amalga oşirilgan multfilm dublyaji namoyiş etilib, tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

Mazkur tadbir talabalar örtasida xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişni yanada oşiriş, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirişga xizmat qildi.

Manba: Telegram