1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

5-iyundan oliy va kasbiy ta’lim taşkilotlariga öqişga kiriş uçun qabul boşlanadi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

#Qabul #Abituriyent2026 Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqiçda — “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oşiriladi. 🔹1-bosqiçda abituriyentlar…

#Qabul #Abituriyent2026
Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqiçda — “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oşiriladi.

🔹1-bosqiçda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (şu kuni ham) test sinovi topşiriş uçun my.uzbmb.uz saytida onlayn röyxatdan ötadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🟢Faqat test sinovida iştirok etsa:
✅fanlar majmuasi;
✅ta’lim tili;
✅test topşiriş hududi.

🟢Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yönalişlari böyiça kasbiy/ijodiy imtihonlarda iştirok etsa:
➡️ta’lim tili;
➡️test topşiriş hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yönalişi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topşiriladigan oliygoh.

Oliygohlarga kiriş imtihonlari iyul-avgust oylarida ötkaziladi.

🔸2-bosqiçda abituriyentlar kiriş imtihonlari töliq yakunlanganidan söng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy ta’lim muassasasi;
➡️bakalavriat ta’lim yönalişi;
➡️ta’lim şakli;
➡️tanlov ustuvorligi.

Abituriyent test sinovida töplagan ballarini imtihon ötkazilgan kunning ertasiga bilişi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqiçi töliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholaş agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

✔️ Texnikumlarda öqiş istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan söng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
🟢texnikum;
🟢kasb va mutaxassislik;
🟢ta’lim şakli.

🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholaş agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratiş maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barça oliy ta’lim taşkilotlarida “Qabul-2026” ştabi faoliyati yölga qöyildi.

Bundan taşqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 işonç telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda özlarini qiziqtirgan savollariga javob olişlari mumkin.

Asl xabar: Edu.uz

Manba: Telegram