
Jamiyatda nima bölayotganini bilmoqçi bölsangiz — matbuotga qarang. Siyosatçi nima deganini, korxona qanday işlayotganini, davlat nimani joriy etganini — bularning barçasini birinçi bölib jurnalist yozadi. Şu…
Jamiyatda nima bölayotganini bilmoqçi bölsangiz — matbuotga qarang. Siyosatçi nima deganini, korxona qanday işlayotganini, davlat nimani joriy etganini — bularning barçasini birinçi bölib jurnalist yozadi. Şu ma’noda matbuot — jamiyatning xotirasi va vijdonidir. Biroq bugun jurnalistika yangi, murakkab sinovlar bilan yuzma-yuz kelmoqda.
Biz bugun işonç tanqisligi asrida yaşayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarda bir daqiqada minglab xabar tarqaladi — ularning qançasi tekşirilgan, qançasi ataylab buzilgan yoki şunçaki şoşilinç yozilgan?
Auditoriya haqiqatni yolğondan ajrata olmay qolgan paytda, professional jurnalistikaning qiymati yanada oşadi. Aynan şu paytda faktni tasdiqlagan, manbani tekşirgan, ikki tomonni eşitgan materialgina işonç uyğotadi.
Bu yerda media savodxonlik alohida örin egallaydi. Bugungi kunda faqat jurnalist emas — har bir axborot iste’molçisi ham savodli bölişi şart. Qaysi xabarga işonsa böladi? Sarlavha nima uçun şunday tanlangan? Manba kim? Bu savollarni beriş odatga aylanmasa, jamiyat manipulyatsiyaga oçiq bölib qolаveradi.
Media savodxonlikni şakllantiriş esa aynan jurnalistika ta’limining vazifasi — va bu ÖzJOKU öz oldiga qöygan ustuvor maqsadlardan biridir.
Jurnalistikadek maşaqqatli yölni tanlaganlar — jurnalistlar, muharrirlar, operatorlar, fotomuxbirlar, tahrirçilar, SMM mutaxassislari — bugun media makonning haqiqiy tirgaklaridir.
Sizlar axborot tartibsizligi davridagi aniqlik saqlovçilarsiz.
Sizlarga mustahkam salomatlik, kuç-quvvat, şijoat, yangi ijodiy zafarlar tilaymiz!
Eng yaxşi tilaklar bilan,
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Manba: Telegram


