1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

2026/2027-öquv yili uçun davlat oliy ta’lim taşkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston Respublikasi ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi: ➖ Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yönalişlari uçun davlat granti kvotalari 35…

Özbekiston Respublikasi ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi:

➖ Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yönalişlari uçun davlat granti kvotalari 35 foizga oşirilişi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari;

➖ Bakalavriat va magistratura böyiça umumiy qabul parametrlari ta’lim şakllari hamda öqitiş tillari kesimida;

➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boşqa yönalişlarning ixtisoslaşuviga köra qabul taqsimoti;

➖ Nogironligi bölgan şaxslar uçun qöşimça 2 foizlik davlat granti kvotalari;

➖ Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun qöşimça 1 foizlik davlat granti kvotalari;

➖ Içki işlar organlari xodimlari farzandlari uçun qöşimça 5 foizlik davlat granti kvotalari;

➖ Qurolli Kuçlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari farzandlari uçun davlat granti kvotalari;

➖ Muddatli harbiy xizmatni ötab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uçun alohida 5 foizlik qabul körsatkiçlari;

➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uçun qöşimça 2 foizlik davlat granti kvotalari;

➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uçun qöşimça 10 foizlik davlat granti kvotalari;

➖ Örmonçilar va ularning farzandlari uçun qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari;

➖ Xorijdagi yoş vatandoşlar uçun ajratilgan 30 ta davlat granti örinlari;

➖ Davlat granti uluşining ta’lim sohalari va bakalavriat yönalişlari böyiça taqsimoti;

➖ Kamida 5 yillik iş stajiga ega fuqarolarni keçki ta’limga tavsiya etiş huquqiga ega vazirlik va idoralar röyxati;

➖ Maktab ta’limi, soğliqni saqlaş va san’at sohalari uçun maqsadli qabul parametrlari;

➖ Maktabgaça ta’lim pedagoglari uçun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari;

➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab öqituvçilari uçun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim böyiça maqsadli qabul;

➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uçun 2 500 ta alohida tölov-kontrakt örni;

➖ Xotin-qizlar uçun kunduzgi ta’limga qöşimça 4 000 ta davlat granti;

➖ Green University uçun vakant davlat buyurtmasi örinlari hisobidan 100 ta qabul parametri;

➖ Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va Möğuliston fuqarolari uçun davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari.

Manba: Telegram