
🔅Bu yil neçta abituriyent hujjat topşirdi va qabul uçun qança örin ajratildi? Keling, raqamlarda körib çiqamiz. 💠2026/2027-öquv yili uçun Özbekiston oliy ta’lim muassasalariga 677 ming nafardan ortiq…
🔅Bu yil neçta abituriyent hujjat topşirdi va qabul uçun qança örin ajratildi? Keling, raqamlarda körib çiqamiz.
💠2026/2027-öquv yili uçun Özbekiston oliy ta’lim muassasalariga 677 ming nafardan ortiq abituriyent röyxatdan ötdi. Bu körsatkiç mamlakatimizda oliy ta’limga bölgan qiziqiş yuqoriligiça qolayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
➡️Joriy öquv yili uçun kunduzgi bakalavriat ta’lim şakliga 155 ming 852 ta qabul örni ajratildi. Şuningdek, keçki ta’lim uçun 28 ming 942 ta, masofaviy ta’lim uçun esa 20 ming 810 ta örin belgilandi.
➡️Davlat granti asosida tahsil oliş uçun 36 ming 23 ta grant örni ajratilgan bölib, ularning salmoqli qismi muhandislik, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, pedagogika va qişloq xöjaligi kabi ustuvor yönalişlarga yönaltirildi.
✅Yuz minglab abituriyentlar, minglab qabul örinlari va kelajak sari taşlangan muhim qadam. Yaqin kunlarda mandat natijalari e’lon qilinadi. Kim köproq öqigan bölsa, ana şu talabalik baxtiga sazovor böladi.
Eslatib ötamiz, har bir abituriyent 8-avgustgaça yönaliş va OTM tanlaşi şart!
Barçangizni ÖzJOKUda kutamiz!
Manba: Telegram


